35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Yoshlar tashabbusi — kelajak poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatida yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan 2026-yil 30-aprel kuni Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva Yunusobod tumanidagi Alfraganus universitetida tashkil etilgan ”Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da ishtirok etdi.

Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kasbiy kelajagi, mehnat bozoridagi imkoniyatlari hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.

Deputat Natalya Voropayeva o‘z so‘zida yosh avlodning muvaffaqiyati nafaqat shaxsiy bilim va kasbiy salohiyat, balki ularning jamiyat oldidagi mas’uliyati bilan ham chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi. Xususan, bugungi global muammolar, jumladan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida yoshlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Shuningdek, yoshlarning kasbiy istiqbollari ekologik mas’uliyat tamoyillari asosida shakllanishi lozimligi, mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti va aholi turmush sifati aynan yoshlarning ongli yondashuvi, tashabbuskorligi hamda fidoyiligiga bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3