35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Sport infratuzilmasi joyida o‘rganildi

Sport infratuzilmasi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi 20-Istiqlol saylov okrugi deputati Jo'rayeva Gulchehra Fayzullayevna hududdagi 34-maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining sport zali, undagi sport anjomlari hamda jihozlarning holatini joyida o‘rgandi.

🔺 O‘rganish davomida maktab sport zali zamonaviy talablarga mos holda jihozlangani, barcha zarur sharoitlar yaratilgani aniqlandi. Sport anjomlari yetarli bo‘lib, ularning texnik holati yaxshi saqlangan.

🔺Shuningdek, sport zalidan o‘quvchilar va hudud yoshlari samarali foydalanayotgani qayd etildi. Maktab ma’muriyati tomonidan tumandagi sport tadbirlari aynan ushbu maktabda doimiy ravishda yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgani ta’kidlandi.

📊 Mazkur maktab sport infratuzilmasi tumanda sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu yerda doimiy ravishda turli sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

✔️ Bu esa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5