35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Navbatdagi sessiya bo'lib o'tdi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Jumladan, tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yil 1-choragida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyat yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tuman soliq inspeksiyasi tomonidan budjet tushumlarini ta’minlash, soliq qarzdorligini qisqartirish, oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Sessiyada suv resurslarini boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish xizmatlari tariflarini belgilash, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar eshitildi. Unda deputatlik so‘rovlari orqali hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish borasida olib borilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5