Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

 Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri M.Naimova hamda Kengashning Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari ishtirokida navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi. 

  Oʻrganish jarayonida Vobkent tumanida suv resurslarini samarali boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda tumanSuv yetkazib berish xizmatidavlat muassasasiga qarashliKomi akagidrouchastkasi faoliyati joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi. 

  Tekshiruv davomida gidrouchastkadagi mavjud infratuzilmaning holati, suv taqsimoti samaradorligi, aholi va qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish tizimi oʻrganildi. Shuningdek, suvdan oqilona foydalanish, yoʻqotishlarni kamaytirish va zamonaviy sugʻorish usullarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

  Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Xususan, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, texnik xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni jadal joriy etish zarurligi taʼkidlandi. 

  Mazkur oʻrganishlar sessiya kun tartibidagi masalalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududda suv resurslaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5