Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
AYLANMAJAR MAHALLASIDA BANDLIK VA TADBIRKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati F.Xujamberdiyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyevlar Aylanmajar mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla yettigi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2026-yil 1-choragi davomida mahalla yettiligi ko‘magida 6 nafar fuqaro imtiyozli kreditlar bilan ta’minlangan, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik yo‘nalishida esa 6 nafar fuqaro jami 60 mln so‘m kredit olgan. Shu bilan birga, 6 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Mahallaga biriktirilgan bank orqali 23 nafar fuqaro jami 485 mln so‘m kredit olgan va natijada 46 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Kreditlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha chorvachilik 5 nafar, issiqxona 3 nafar, loyiha paketlari 10 nafar, qishloq xo‘jaligi 2 nafar va xizmat ko‘rsatish sohasida 3 nafar fuqaro kredit olgan. 2 nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqitilgan, 65 nafari oʻzini oʻzi band qilgan. Shuningdek mahalla hududida tashkillangan "Meduza tekstil" MCHJga 30 nafar ishsiz xotin-qizlar sinov tariqasida ishga jalb etilib va ulardan 17 nafari doimiy ishga qabul qilingan.

O‘rganish yakunida mahalla aholisi orasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq va samarali ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 3