Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashiga, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar B.Usmonov, G.To‘xtanazarova, U.Noraliyev hamda partiyaning Qibray tuman Kengashi raisi X.Avazmatov ishtirokida “Botanika” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Xususan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va kasb-hunar o‘rganish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Shu bilan birga, uchrashuvda yoshlar uchun qisqacha tarzda siyosiy-huquqiy tushunchalar ham berilib, partiya faoliyati, Xalq deputatlari Kengashining vazifalari hamda deputatlarning asosiy majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

Shuningdek, yoshlarga qaratilgan davlat dasturlari, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushuntirishlar berilib, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashlari yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ijobiy hal etilishi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5