Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
MAHALLA KUTUBXONASI: BILIM OLISH VA KITOBXONLIKNI KENGAYTIRISH MASKANI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati D.Jo‘rayeva Qamchifurush mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullantirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari bilan yaqindan tanishdi. Shu maqsadda mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tashkil etilgan kutubxona faoliyatini bilan tanishish jarayonida deputat kutubxonaning mavjud imkoniyatlari, kitob jamlanmalari, o‘quvchilar va mahalla aholisi uchun tashkil etilgan xizmatlar bilan tanishdi.

Hozirgi kunda kutubxonada mingdan ziyod milliy va zamonaviy adabiyotlar jamlangan bo‘lib, ular nafaqat yoshlar, balki butun mahalla aholisi uchun bilim olish, o‘z bilimlarini boyitish va kitobxonlik madaniyatini kengaytirish imkoniyatini yaratmoqda. Deputat shuningdek, kutubxonaning faoliyatini yanada rivojlantirish, kitoblarni yangilash va yoshlar uchun qo‘shimcha o‘quv dasturlarini joriy etish bo‘yicha takliflar berdi.

Slide 1 of 3