Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Mahalla infratuzilmasi: Ichimlik suvi ta’minoti yakuniy bosqichda

 Mahalla infratuzilmasi: Ichimlik suvi ta’minoti
yakuniy bosqichda
 

11-Zominovul saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi T.Azamatov tomonidan aholini uzluksiz
kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv) bilan
ta’minlash borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.
 

Shu maqsadda, deputat “Oqtepa” MFY raisi bilan
uchrashib, mahalla hududidagi dolzarb infratuzilma masalalari yuzasidan muloqot
o‘tkazdi.
 

Suhbat jarayonida asosiy e’tibor ichimlik suvi
muammosiga qaratildi:
 

· Mahalladagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan
toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib
borilmoqda.
 

· Hozirgi kunga qadar hududda ichimlik suvi chiqarilib,
asosiy suv tarmoqlari to‘liq tortilgani ma’lum qilindi.
 

· Ayni vaqtda jarayonning yakuniy bosqichi — suv
tarmoqlarini xonadonlarga kiritish va suv hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari
amalga oshirilishi kutilmoqda.