Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
PF-71-YUZASIDAN SHAHAR MAKTABGACHA AVA MAKTAB TA’LIMI MUASSASALARI O‘RGANILMOQDA

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoniga muvofiq xalq deputatlari Kengashlari va ularning mas’ul doimiy komissiyalari tomonidan har oyda bitta soha tanlab olinib, mazkur sohani o‘rganish davomida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan
bo‘g‘inlarini aniqlash hamda bu yuzadan tegishli takliflarni taqdim etish belgilangan.
 

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi hamda bir guruh deputatlar tomonidan shahardagi 20-son maktabida o‘rganish ishlari olib borilib, maktab hojatxonasi, oshxonasi, chiqindi yig‘ish shaxobchasi hamda sport zali ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan maktab ma’muriyati hamda tegishli tashkilotlarga dastlabki tarzdagi ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun taqdim etilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarini qabul qilish jarayoni ham o‘rganilib, maxsulotlar sifati o‘rganildi. Unga ko‘ra olib kelingan olma maxsulotining ayrimlari sifatsizligii aniqlanib, shu kunning o‘zida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O‘rganish yakunida maktab direktori, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik bo‘limi
mudiri, menedjer va boshqa xodimlarini to‘plagan holda korrupsiyaviy huqubuzarliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi holatlar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
 

Slide 1 of 7