Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
#sessiyaga_tayyorgarlik_jarayoni

#sessiyaga_tayyorgarlik_jarayoni

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirokida, ichki ishlar organlari tomonidan Kengash doimiy komissiyasiga taqdim etilgan hisobot asosida “Vatanparvar” MFY hududidagi jinoyatchilik holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda sodir etilgan huquqbuzarliklar, ularning sabablari, profilaktika ishlari samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mavjud holat chuqur tahlil qilindi. Shu bilan birga, mahalla fuqarolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish ishlari Kengashning navbatdagi sessiyasida shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i N. Boltayevning hisoboti eshitilishi munosabati bilan amalga oshirildi. O‘rganish natijalari umumlashtirilib, doimiy komissiyaga taqdim etildi hamda sessiya kun tartibiga kiritish uchun tegishli takliflar ishlab chiqildi. Sessiya davomida ushbu masala muhokama qilinib, hududda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika choralarini kuchaytirish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5