Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.

Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.

🏛Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Raisi Quryozov Suxrobbek Matchanovich, tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich hamda tuman Kengashi deputati Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovichlar tomonidan Bo‘ston mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, maxsus xizmatlar faoliyati hamda aholi tomonidan chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish tartibiga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi. Ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqishda kechikishlar kuzatilayotgani, konteynerlar yetishmovchiligi hamda ularning texnik holatini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

✅Mas’ullar tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqishni ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, hudud tozaligini saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish muhimligi qayd etildi.

📁O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda mahallaning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1