Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Pensiya qonunchiligi takomillashtirilishi muhokama qilindi

📚 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati tomonidan ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert guruhi va byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbariyati ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

📊 Unda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari Qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilayotgani munosabati bilan atroflicha muhokama olib borildi.

🗣 Muhokama davomida tuman manfaatlaridan kelib chiqqan holda amaldagi tartib-taomillarni takomillashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

✍️ Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar umumlashtirilib, belgilangan tartibda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 9