Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
#bunyodkorlik

#bunyodkorlik

Yangi qiyofa, yangi imkoniyatlar

❄️Chirchiq shahrida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari doirasida “Yoshlik” mahallasi to‘liq yangilanib, foydalanishga topshirildi.

Ilgari og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan ushbu hududda infratuzilma tubdan yaxshilandi. Xususan, 15 ta ko‘p qavatli uyning fasad va tom qismi, oyna romlari, kirish yo‘laklari hamda yerto‘lalar mukammal ta’mirlandi. Uylarning kirish qismiga elektron kodli qulflar o‘rnatildi, devorlar esa milliy uslubdagi rasmlar bilan bezatildi.

🌀Mahallada aholiga, ayniqsa yoshlarga xizmat qiladigan zamonaviy kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ikkita bolalar o‘yin maydonchasi va sport bilan shug‘ullanish uchun “Workout” maydonchasi barpo etildi. Zarur sport anjomlari, o‘rindiqlar va dam olish uchun mo‘ljallangan jihozlar o‘rnatilib, aholiga qulayliklar yaratildi.

Tadbirda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari P. Bobojonov, Xalq deputatlari  viloyat Kengashi raisi S. Fayziyeva, viloyat hokimi o‘rinbosari Sh. Mahmudov hamda Chirchiq shahar hokimi M. Abdurahimovlar ishtirok etdi.

Slide 1 of 5