Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Nig'matulla Usmanov tomonidan Oqtepa MFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, mahalladagi mavjud muammolar hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga doir taklif va murojaatlar tinglandi. Shuningdek, hududni yanada obod qilish, infratuzilmani yaxshilash va aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, amaliy yechimlar yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Aholi bilan bunday ochiq va samimiy uchrashuvlar hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram