Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa

Navoiy shahrida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovich 1-Hayot saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat ishsiz fuqarolarning holidan xabar olib, ularning bandligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarini o‘rgandi. Suhbatlar jarayonida fuqarolarning kasbiy malakasi, mehnatga bo‘lgan ehtiyoji hamda ishga joylashishdagi to‘siqlar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan imtiyozlar haqida keng tushunchalar berildi. Ayrim fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Bunday xonadonbay muloqotlar aholining muammolarini joyida hal etish, ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish orqali fuqarolar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5