Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni asosidagi, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi VII-14-82-11-168-K/25-sonli qarorida belgilangan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Margʻilon shahar boʻlimida oʻtkazildi, unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyatboshmutaxassisi N.Akbarova, “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov ishtirok etdilar.

O‘rganishlar davomida Tog‘liq, Uvaysiy, Teraktagi, Yangiobod, Tuyagum, Yo‘rmado‘z, Ipakyo‘li, O‘rdatagi va Roxat mahallalarida ma’nan eskirgan yog‘och elektr tayanchlarini zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, ayrim hududlarda ishlar boshlangan bo‘lsa-da, ba’zi mahallalarda bajarilish sur’atlarida kamchiliklar mavjud. Bu esa aholi uchun elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar va sifat muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.

Mutasaddi tashkilotlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda sifat nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5