Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
"Manguzar" mahallasi: Prezident topshiriqlari va deputat nazorati

⏺Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun muhim bo‘lgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

💬 Tashrif davomida quyidagi mas’ullar faoliyati bilan yaqindan tanishildi va ularning bugungi kundagi ishlari tahlil qilindi:

✔️ Hokim yordamchisi: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlari.

✔️ Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va ularning bandligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar.

✔️ Profilaktika inspektori: Hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati.

✔️ Ijtimoiy xodim: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va fuqarolar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar samaradorligi.

💬"Mahalla — davlat siyosatining eng quyi bo‘g‘inidagi amaliyotga tatbiq etiluvchi maydon. Shuning uchun ham "mahalla yettiligi"ning har bir a’zosi o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi hamda Prezidentimiz farmonlaridagi ustuvor yo‘nalishlarni samarali amalga oshirishi zarur," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

🫥Uchrashuvda aniqlangan kamchiliklar va ustuvor vazifalar yuzasidan mahalla vakillariga aniq tavsiyalar berildi. Kelgusida ularning faoliyatini yanada jonlantirish va aholi muammolarini hal etishdagi mas’uliyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 7