Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
BILIMDONLAR MAYDONI: URGANCHDA “MAHALLA RAISI KUBOGI” BAHSLARI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati S.Yaqubov tashabbusiga asosan, Urganch shahridagi “Yoshlik” to‘yxonasida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur bellashuvda shahar miqyosidagi barcha mahallalardan saralab olingan bilimdon yoshlar va mahalla faollaridan iborat jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda jamoalar mantiqiy savollar orqali o‘zlarining dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyish etishdi. 

Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar: 

1-o‘rin — “Do‘stlik” mahallasi  

2-o‘rin — “Yangi-obod” mahallasi 

3-o‘rin — “Ma’rifat” mahallasi 

Ushbu intellektual turnir nafaqat bilimlar sinovi, balki Urganch shahri yoshlarini yagona maqsad yo‘lida birlashtirgan haqiqiy ma’rifat bayramiga aylandi. Mahallalarda bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3