Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Qonunlar targ‘iboti: aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Qonunlar targ‘iboti: aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 16-Sardoba saylov okrugi deputati Xonimqulov Baxodir Toshmurodovich tomonidan saylovchilar ishtirokida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

🔸Mazkur tadbirda fuqarolarga amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularning ahamiyatini keng yoritishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarning asosiy normalari, ularning amaliyotdagi o‘rni va aholi hayotidagi ahamiyati batafsil tushuntirib berildi.

🔸Uchrashuv davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, savol-javoblar o‘tkazildi. Fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan aniq va batafsil javoblar berildi, shuningdek, ayrim muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

✔️Tadbir yakunida qonun hujjatlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash yo‘lida bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5