Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Yoshlar bilan ochiq muloqot – taraqqiyot omili

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Raximov Cho‘lobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan
uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdan
iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Kengash raisi tomonidan yurtimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat dasturlarining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Kengash raisi mahallada faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Yoshlarning tadbirkorlik sohasida erishayotgan yutuqlari e’tirof etilib, faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida zarur ko‘rsatmalar
berildi.
Tadbirkor yoshlar bilan suhbat jarayonida ularga ajratilayotgan imtiyozlar, kredit mablag‘lari, subsidiyalar hamda boshqa
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi.
Yakunda Kengash raisi tomonidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 7