Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
#kengash_raisi #kotibiyat_mudiri 👍 Qayirma mahallasida suv inshooti qurilishi sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi Z.Naxalov hamda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov Qayirma mahallasi hududida amalga oshirilgan suv ta’minoti loyihasi doirasida yangi barpo etilgan suv to‘suvchi inshootining keyingi bosqichda qurilgan beton ariqning qurilishi sifatini o‘rgandi.

Dastlab suv manbasini tartibga soluvchi inshootning ishlash holati, suv oqimini boshqarish imkoniyatlari hamda uning hudud uchun samaradorligi o'rganilgan edi. Shundan so‘ng, mazkur inshootdan tomorqa va fermer xo‘jaliklariga suv yetkazib beruvchi beton ariqning qurilish jarayoni ham tahlil qilindi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-sonli Farmoni hamda Samarqand viloyati Kengashining VII-16-128-7-0-K/25-sonli Qarori asosida amalga oshirilgan bo‘lib, loyiha hududda sug‘orish tizimini yaxshilashga qaratilgan.

O‘rganish jarayonida har ikkala inshootning bir-biri bilan uzviy ishlashi, suvni yo‘qotishsiz yetkazish tizimi hamda qurilish sifati alohida e’tiborga olindi. Mutasaddilarga ayrim texnik jihatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur kompleks loyiha Qayirma mahallasida qishloq xo‘jaligi uchun barqaror suv ta’minotini yaratib va aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4