Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 3-Olchin saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 3-Olchin saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda. Bu jarayon aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Navbatdagi o‘rganishlar doirasida deputat 31-umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida bo‘ldi. O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, xususan, sport infratuzilmasi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Maktabdagi sport zali mavjudligi ijobiy holat sifatida baholandi. Chunki sport zali o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim omillardan biridir. 

Biroq o‘rganishlar jarayonida sport zalining zarur sport jihozlari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani aniqlandi. Ya’ni, mavjud bino imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun kerakli inventarlar, sport anjomlari va jihozlar yetishmasligi kuzatildi. Bu esa o‘quvchilarning to‘laqonli jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishiga ma’lum darajadato‘sqinlik qilmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sport zalini zarur anjomlar bilan jihozlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bu boradagi muammolarni bartaraf etish orqali o‘quvchilarga yanada qulay sharoit yaratish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan. 

Slide 1 of 7