Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li tomonidan Navoiy shahridagi “O‘zbekiston” va “Matonat” mahallalarida hududiy o‘rganish ishlari amalga oshirildi.O‘rganish jarayonida mahallalardagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ularning ta’mirtalab jihatlari, shuningdek, ko‘chalarning tungi yoritilishi darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham tahlil qilindi.Aniqlanishicha, ayrim ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlarini olib borish zarur, ba’zi ko‘chalarda esa tungi yoritish tizimini yaxshilash lozim. Bu esa aholi uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish masalasini dolzarb etib ko‘rsatadi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash hamda ko‘chalarda zamonaviy yoritish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli reja va vazifalar belgilab olindi.Bunday o‘rganishlar hududlar infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash hamda mahallalarning obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6