Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputatlar tomonidan Oqbo‘yra mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

 Deputatlar tomonidan Oqbo‘yra mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Sh. Mahmudov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Turg‘unov tomonidan Oqbo‘yra mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘chalar infratuzilmasi holati atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida hudud aholisi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Fuqarolarga uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida Nayman ko‘chasiga yangi transformator o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, bu hudud aholisining elektr ta’minotidagi muammolarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘rganishlar va amaliy chora-tadbirlar orqali hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda muammolarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Slide 1 of 6