Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
OBISIYO MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi T.Soliyev hamda kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan Obisiyo mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi O‘RQ-499-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, fuqarolar yig‘ini raisi saylovi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi muhim demokratik jarayon ekani, saylovlar oshkoralik, tenglik, erkinlik hamda yashirin ovoz berish tamoyillari asosida o‘tkazilishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, nomzodlarni ilgari surish tartibi, saylovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari, ovoz berish tartibi hamda natijalarni aniqlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, mahalla boshqaruvida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 3