Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
🔰«Inson» markazi — Kosonsoyda ijtimoiy himoyaning ishonchli manzili

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputati Javlonbek Abdullaev tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi sho''balar faoliyatini o‘rganib o‘zining munosabatini bildirdi. 

 

🔷Kosonsoy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi aholiga “bir darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatib, fuqarolarning turli ijtimoiy masalalardagi murojaatlarini joyida hal etishga xizmat qilmoqda. Markazda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli toifalari bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

🔷Markaz orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar, uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, reabilitatsiya va parvarish xizmatlari, psixologik va huquqiy maslahatlar, shuningdek, nogironlgi bo‘lgan shaxslar bandligi, RTV va POM bilan ta’minlash tizimi bilan bog‘liq masalalar kabi 100 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Eng muhimi, murojaat qilgan har bir fuqaroning holati o‘rganilib, individual yondashuv asosida yechim topilmoqda.

🔷Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan ushbu tizim inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Kosonsoy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ham bu borada o‘z faoliyatini izchil davom ettirib, aholining ishonchini qozonmoqda.

Slide 1 of 3