Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva Arabota mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda tarbiyaviy-ahamiyatga ega uchrashuv tashkil etdi. Tadbir mahallada joylashgan 56-umumta’lim maktabida o‘tkazilib, unda 8, 9, 10 va 11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlar tarbiyasiga doir dolzarb masalalar — erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, shuningdek, qizlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qatnashchilarga bu kabi holatlarning inson salomatligi, kelajak rejalari va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida tushunchalar berildi.

🔹Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Qonun doirasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar haqida ma’lumot berildi.

🔹Tadbir davomida o‘quvchi qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, kelajakda munosib ta’lim olish va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rish borasida muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

🔹Bunday uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning huquqiy ongi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3