Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Innovatsion loyihalar amalda

 🔹“Kreativ tadbirkor yoshlar mahallalarda” loyihasi doirasida Uchko‘prik tumanida iqtidorli yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
navbatdagi tadbir tashkil etildi.
 

Tadbirda yosh ixtirochi Abduqodirov Hasanjon Habibullo o‘g‘lining mehnati alohida e’tirof etildi. U tomonidan yaratilgan vertolyot, samolyot
va kombayn mashinalari maketlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yosh tadbirkorning izlanishlari va kreativ yondashuvi uning kelajakda yirik loyihalar muallifi bo‘lishidan dalolat beradi.
 

Mazkur tadbirda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatlari N.Imomaliyeva, O.Tupayev, N.Sultonov va L.Usmonov, shuningdek O‘zLiDeP Uchko‘prik tuman Kengashi apparat rahbari D.Nishonova hamda deputat yordamchisi F.Turg‘unova ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. 

Uchrashuv davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga
chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi. Shu bilan birga yosh ixtirochilarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Tadbir yakunida yoshlarning bunday ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1