35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 5-O'tkir okrugi deputati Abdullayev Ibrohimjon Nig'matillayevich tomonidan “Veolia energy Tashkent” MCHJ XK Uchtepa tumani boshlig‘i J.Muxitdinovga deputatlik so'rovi chiqarildi. Uchtepa tumani “O‘tkir” va “Zulfizar” mahallalarida, xususan Taqachi ko‘chasida joylashgan 28-, 30-, 32- va 34-ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida issiq suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaatlar bildirilganligi ta'kidlandi.

 📌 Xususan, aholiga yetkazib berilayotgan issiq suv harorati belgilangan talab darajasidan ancha past ekanligi, mazkur masala yuzasidan bir necha bor murojaat qilinganiga qaramay, hozirga qadar muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmaganligi qayd etildi.

 ⚠️ Ushbu deputatlik so'rovida quyidagi masalalar so'raldi:

  ✍️ mazkur hududda issiq suv ta’minotining past darajada bo‘lish sabablari;

  ✍️ muammoni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan va rejalashtirilgan aniq choralar hamda muddatlar yuzasidan belgilangan muddat ichida asosli javob yuborish so'ralmoqda.

 🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1