Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Bitiruvchilar e’tibor markazida: deputat bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashining 11-Muqumiy saylov okrugi deputati Zoir Shodmonov Bog'ishamol mahallasidagi Jizzax davlat pedagogika texnikumi bitiruvchilari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, kasb tanlashdagi muhim jihatlar hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha suhbatlashildi.

Deputat bitiruvchilarga zamonaviy kasblarni egallash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish zarurligini ta’kidlab, ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undadi. Shuningdek, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Zoir Shodmonov bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat tilab, ularning har biri o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.

Slide 1 of 4