Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Namangan shahrida ko‘p kvartirali uylar hududlari infratuzilmasi yaxshilanadi

Namangan shahrida ko‘p kvartirali uylar hududlari infratuzilmasi yaxshilanadi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2026-yil 18-martdagi VII-19-28-6-91-K/26-son qarori bilan Namangan shahrida 2026-yilda ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining manzilli dasturi tasdiqlandi. 

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. 

Dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

Ichki yo‘laklar va kirish yo‘llarini qurish va ta’mirlash

Tashqi yoritish tizimlarini o‘rnatish

Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish

Bolalar maydonchalari va dam olish hududlarini barpo etish

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash

Hududlarning sanitariya holatini yaxshilash

Shuningdek:

Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash ishlari mahalliy budjet va boshqaruv kompaniyalari mablag‘lari asosida moliyalashtiriladi;

“Yashil makon” loyihasi doirasida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi;

 Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha hisobot berib boriladi;

Loyihalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib monitoring qilinadi.

Mazkur dastur amalga oshirilishi natijasida ko‘p kvartirali uylar atrofi yanada obodonlashadi, infratuzilma yaxshilanadi hamda aholi uchun qulay yashash muhiti yaratiladi.