Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING YIGIRMANCHI SESSIYASI O‘TKAZILDI.

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar, tumanda aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, tuman hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, barqaror va yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im stavkalarini belgilash, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun to‘lov tariflarini tasdiqlash masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunlari bo‘yicha barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, xalq deputatlari tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlandi.

Slide 1 of 13