Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Chinoz tumani. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi

🔷Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Mirsoat Mirsodiqov hamda Elyorjon Saidov tomonidan tumandagi Alisher Navoiy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.

🔼Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 4642 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 62 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Joriy yilning birinchi choragida 18 ta oilaga moddiy yordam tayinlangan.

↔️Moddiy yordam tayinlash jarayonlari amaldagi me’yoriy hujjatlar, xususan, Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Belgilangan 669 ming so‘mlik mezon asosida har bir oila a’zolarining daromadlari o‘rganilib, mezon talablariga mos kelgan oilalarga moddiy yordam ajratilgan.

🌀Fuqarolarning murojaatlari har oyning 1–15 sanalari davomida mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy xodim tomonidan yoki my.gov.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Oyning 15–30 sanalari oralig‘ida esa ushbu murojaatlar mahalla “yettiligi” tomonidan atroflicha o‘rganilib, belgilangan mezonlar asosida kollegial qaror qabul qilinadi.

✅Mazkur jarayonlarning barchasi ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4