Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Rishton tuman prokurori o'rinbosari B.Meliboyev tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari O.Yuldashev tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda jinoyatchilikni kamaytirish borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Yig‘ilish davomida sohaga oid mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yakunda doimiy komissiya tomonidan tegishli qaror va xulosa qabul qilinib, mazkur masalani tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 1