Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari faoliyati tahlil qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari faoliyati tahlil qilindi

🏛 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan “Siyosiy partiyalar dasturiy maqsadlarini mahalliy darajada ro‘yobga chiqarish: mavjud holat va istiqboldagi rejalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

📝 Unda Markaz rahbariyati, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, partiya guruhlari rahbarlari, siyosiy partiyalarning Toshkent shahar Kengashlari raislari, soha ekspertlari hamda xalq vakillari ishtirok etdi.

📁 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarida ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlar qarorlarida aks ettirish orqali aholi va partiya elektorati manfaatlarini ifodalashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

🔎 Tadbir davomida partiya guruhlarining mahalliy kengashlardagi ta’sirchanligini oshirish, ularning dasturiy maqsadlarini bevosita mahallalar va tumanlar kesimida ijro etish mexanizmlari, Parlament va mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, shahar miqyosidagi dolzarb muammolarni partiyaviy vositalar orqali hal etish kabi masalalar muhokama qilindi.

💡 Davra suhbati yakunida siyosiy partiyalarning hududiy kengashlari faoliyatini jonlantirish va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 4