Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni

Deputat va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M.Kalonоv tomonidan Navoiy davlat universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi.

Uchrashuv davomida deputat M.Kalonav mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytarib, ularning taklif va mulohazalarini diqqat bilan tingladi.

Talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot imkoniyatlari, bandlik masalalari va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid qator takliflar ilgari surildi. Deputat mazkur takliflarni inobatga olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan erkin fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday muloqotlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakun sifatida, bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish, yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4