Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Navoiy shahar Kengashi deputati Tinchlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi

Navoiy shahar Kengashi deputati Tinchlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tomonidan aholi bilan muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Navoiy shahar Tinchlik mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda deputat joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berdi. Xususan, aholini ijtimoiy himoya qilish, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Ayniqsa, kommunal xizmatlar, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar aholi e’tiboriga havola qilindi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligi, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Bunday muloqotlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularga tezkor yechim topish hamda xalq bilan davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1