Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
G‘ozg‘onda yosh tadbirkor faoliyati o‘rganildi

 Prezidentimiz tomonidan payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan G‘ozg‘on shahrida yoshlar bilan
ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
 

Shu munosabat bilan G‘ozg‘on shahar hokimi, Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati Nurali Jo‘rayev "Marmarobod" MFY hududida
joylashgan “DILSHODBEK STONE” MChJ marmar va granit ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib, yosh tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida korxonada yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mahsulotlar sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yosh tadbirkor bilan muloqot o‘tkazilib, uning kelgusidagi rejalari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.
Mas’ullar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va hududda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5