Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Hamkorlik davom etmoqda: navbatdagi manzil — Qahramon mahallasi

Hamkorlik davom etmoqda: navbatdagi manzil — Qahramon mahallasi

Termiz tuman Kengashi deputatlar Sh.Norsayev, G.Shafoatova vaO‘zbekistom Mahallalari uyushmasining Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i R.Alixanov hamkorligida olib borilayotgan o‘rganishlar izchil davom etmoqda. Navbatdagi manzil sifatida hududdagi Qahramon mahallasi tanlanib, mahalla “yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida:

mahalla raisining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlari,

hokim yordamchisining bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyati,

yoshlar yetakchisining yoshlar bilan ishlash tizimi,

xotin-qizlar faoli tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash ishlari,

profilaktika inspektorining huquqbuzarliklarning oldini olish choralari,

ijtimoiy xodimning ehtiyojmand oilalar bilan ishlash amaliyoti alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.

Hamkorlikdagi ishlar davom etadi hamda har bir hududda mahalla “yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab boriladi.

Deputatlar va mas’ul rahbarlar hamkorligi navbatdagi hududlarda ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4