Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
DEPUTAT E’TIBORIDA: AYOLLAR IJTIMOIY HIMOYASI VA MAHALLA FAOLI ISH SAMARADORLIGI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 6 bandi (mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi) ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Kengashi deputati N.Sharipova “Jingavuz” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligi hamda mahalladagi yashovchi ayollarning ijtimoiy ahvolini o‘rgandi. 

Xususan o‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mahallada istiqomat qiluvchi ayollarning yashash sharoitlari, bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash holati va "ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak darajasi uzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

"Shuningdek, o‘rganishlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish va kasb-hunarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat N.Sharipova mahalla faoli bilan birgalikda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning dardu tashvishlarini tingladi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Jumladan, bandligi ta’minlanmagan ayollarni hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda salomatligida muammosi bo‘lgan xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish choralari ko‘rildi. 

Deputat N.Sharipova o‘z nutqida mahalladagi xotin-qizlar faolining ish tizimini yanada takomillashtirish, "xonadonbay" xatlov natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida har bir ayolga individual yondashish zarurligini ta’kidladi. Bu kabi o‘rganishlar nafaqat muammolarni aniqlash, balki mahalladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va ayollarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi." 

Slide 1 of 3