Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Deputat nazorati.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining 2025-yil 12 sentyabrdagi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlaridan samarali foydalanishga doir qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur oʻrganish doirasida shaharning Bahrin mahallasi Mustakillik koʻchasida oʻrnatilgan tungi bezak chiroqlarining holati joyiga chiqib koʻzdan kechirildi. Unda amalga oshirilgan ishlar sifati, oʻrnatilgan chiroqlarning texnik holati hamda hududga bergan estetik koʻrinishi atroflicha tahlil qilindi.

Oʻrganish jarayonida Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda obodonlashtirish boʻlimi masʼul xodimi M.Yakubov ishtirok etdilar.

Tungi bezak chiroqlarining oʻrnatilishi mahalla koʻchalarining nafaqat yoritilishini, balki uning koʻrkamligini oshirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, kechki va tungi vaqtlarda hududning yanada jozibador koʻrinish kasb etishi taʼminlangan.

Shu bilan birga, masʼullarga tungi bezak chiroqlarini muntazam nazorat qilish, ularni texnik jihatdan soz holda saqlash hamda kelgusida bu kabi loyihalarni yanada kengaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur oʻrganish Kengash qarorlari ijrosini taʼminlash, ajratilgan mablagʻlarning samaradorligini oshirish va hududlarni obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar izchil davom etayotganini koʻrsatadi.

Slide 1 of 6