Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Baxmal tumanidagi "Xalqsevar" va "Navro‘z" manzillarida gaz bosimi muammosi deputat nazoratiga olindi

📍 Baxmal tumanidagi "Xalqsevar" va "Navro‘z" manzillarida gaz bosimi muammosi deputat nazoratiga olindi

Baxmal tumani “Bog‘ishamol” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan navbatdagi saylovchilar bilan o'tkazilgan sayyor qabulda aholi tomonidan muhim murojaat kelib tushdi. “Xalqsevar” va “Navro‘z” aholi yashash manzillarida tabiiy gaz tarmoqlari o‘z vaqtida tartibsiz tortilganligi sababli, xonadonlarda gaz bosimi pasayib ketgan. Bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Mazkur muammoni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida tuman Kengashi deputati F.Anorboyev tomonidan gaz ta’minoti korxonasi rahbariyatiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 So‘rovda

🔹 Gaz tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish;

🔹 Tartibsiz tortilgan quvurlarni tartibga keltirish;

🔹 Gaz bosimini me’yoriga ko‘tarish choralarini ko‘rish.

Aholi murojaati va gaz ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 3