Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 11-Qahramon okrugidan saylangan deputat Amonov Jamshid tumandagi “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududning ijtimoiy qiyofasi va aholi yashash sharoitlarini yaqindan o‘rgandi. Aholi bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Mahalla faollari bilan kechgan qizg‘in muloqotda “mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida deputat asosiy e’tiborni oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlariga qaratdi.

Xususan, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali daromad manbaini yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Mahalla nafaqat ma’muriy birlik, balki xalqning dardi tinglanadigan, islohotlarning amaliy natijasi ko‘rinadigan eng muhim bo‘g‘in ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlarda fuqarolar tomonidan deputatga qilingan murojaatlar qayd qilindi. Har bir masalaning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2