Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Eronshoh MFY da obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 17-Dovud saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Boboyev hamda “mahalla yettiligi” hamkorligida Eronshoh MFY hududidagi qabristonda hashar tashkil etildi.

Ushbu hasharda mahalla faollari va fuqarolar birgalikda ishtirok etib, qabriston hududini tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida atrof-muhitni asrash va muqaddas maskanlarni e’zozlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatning taklifi asosida qabriston hududiga quyosh panelli, energiya tejamkor tungi yoritkichlar o‘rnatildi. Bu esa nafaqat hududni yoritish, balki elektr energiyasini tejash va zamonaviy, ekologik yechimlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlab, obod va fayzli muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4