#deputatlik_faoliyati
#Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holati o‘rganilmoqda.
✍🏻Nurafshon shahar hududida chakana savdo va kichik biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida jalb qilingan investitsiya loyihalari deputatlar tomonidan nazoratiga olindi.
🖇Unda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev, K.Xakimov, N.Niyozov hamda hududiy MFY raislari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹Qurilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlarining aholi ehtiyojiga mosligi;
🔹Tadbirkorlar tomonidan mahallabay ishlash tizimi asosida yaratilayotgan yangi bo‘sh ish o‘rinlari tahlili;
🔹Tadbirkorlik subyektlarini ishga tushirish jarayonidagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
✅Ushbu loyihalar ishga tushishi natijasida shahar infratuzilmasi yaxshilanishi bilan birga, mahalliy budjet daromadlari ortishiga xizmat qiladi.