Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Йўллар ободлиги — умумий масъулият
янв.21
📌 Депутатлик назорати доирасида ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati Zulfiya Ashurova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Javohir Shodmonov tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring ishlari olib borildi.

Jumladan, Qalmaqon hududida hokim yordamchisining faoliyati atroflicha tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida mazkur hududda savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida jami 636 ta tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingani qayd etildi. Ushbu subyektlar tomonidan aholiga turli xizmatlar ko‘rsatilib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, PQ-49-sonli qaror asosida yil boshidan buyon 5 nafar hamda qo‘shimcha aniqlangan 28 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib kelinayotgani alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, “Sayxunobod tajribasi” asosida ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yondashuv orqali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish hamda aholi bandligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 6