Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Йўллар ободлиги — умумий масъулият
янв.21
📌 Депутатлик назорати доирасида ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
2-Darxon okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

#Yashil_makon #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌳2-Darxon okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sayfulla Ahmedov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2-Darxon okrugi hududida joylashgan 556-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan obodonlashtirish va daraxt ekish tadbirida faol ishtirok etdi.

📝 Tadbir davomida hududni yanada yashil va obod maskanga aylantirish maqsadida beg‘araz ravishda mevali daraxt ko‘chatlari — yong‘oq, o‘rik va shaftoli ekildi. Ushbu ishlar nafaqat muassasa hududining ko‘rkini oshirish, balki bolajonlar uchun sog‘lom va ekologik toza muhit yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🔎Jarayonga mahalla faollari, maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi ham faol jalb etilib, hamjihatlikda amalga oshirilgan ishlar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Tadbir yakunida mahalla faollari va bog‘cha mudirasi deputat Sayfulla Ahmedovga o‘z minnatdorliklarini bildirib, bunday tashabbuslar hudud rivoji va kelajak avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladilar.

🔺 Mazkur aksiya ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi izchil ishlarning amaliy davomidir.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 1