#deputatlik_faoliyati
#Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
✍🏻Xalq deputatlariNurafshon shahar Kengashiga 6- saylov okrugidan saylangan deputat K.Xakimov "Obod turmush" MFY yettiligi hamda ijtimoiy xodim tomonidan mahalla hududida yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholiga xizmatlar maqsadli va manzilli tarzda tashkil etilayotgani, faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.