Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Йўллар ободлиги — умумий масъулият
янв.21
📌 Депутатлик назорати доирасида ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
Firibgarlikdan ogoh bo`ling — dolzarb mavzu muhokamada!

 Jalaquduq tumanida aholi o`rtasida huquqiy ong va moliyaviy xavfsizlikni oshirish maqsadida muhim
davra suhbati tashkil etildi. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B.Bazarova tashabbusi bilan tuman Kadastr bo`limi xodimlari ishtirokida “Firibgarlikdan ogoh bo`ling” mavzusida ochiq muloqot o`tkazildi.
 

Davra suhbati davomida bugungi kunda keng tarqalayotgan firibgarlik turlari, ayniqsa internet va telefon orqali amalga oshirilayotgan aldovlar haqida atroflicha ma`lumotlar berildi. Fuqarolarni bunday holatlardan himoya qilish, shaxsiy ma`lumotlarni asrash va shubhali takliflarga aldanmaslik bo`yicha tavsiyalar berildi. Tuman Kadastr bo`limi
rahbari o`rinbosari K.Baxtiev ham so`zga chiqib, sohada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, kadastr xizmatlaridan foydalanishda aholi ehtiyotkor bo`lishi lozimligi ta`kidlandi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bunday tadbirlar aholi o`rtasida huquqiy madaniyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.  

Slide 1 of 4