Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida oilaviy masalalar, tadbirkorlikni rivojlantirish, kredit olish imkoniyatlari va boshqa dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Aholi tomonidan bildirilgan taklif va qo‘shimcha muammolar rasmiy qayd etilib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ularni hal etish choralarini ko‘rish davom etmoqda.
Shuningdek, mahalladagi ayrim joylarda yog‘och istalblar, tosh tokilmagan ko‘chalar va qisman bajarilmagan ishlar mavjud bo‘lsa-da, amaliy ishlar davom ettirilmoqda va hududning keyingi qishloqlarida ham infratuzilma va yo‘lsozlik ishlari faol ravishda olib borilmoqda.
Doimiy muloqot va hamkorlik orqali hududdagi muammolar tizimli tarzda hal qilinadi va aholi uchun qulay, xavfsiz sharoitlar yaratish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.
🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi